Qaysi servisni tanlash, qancha to'lash va qanday kompyuter kerak — 5 ta darsda solishtirma jadvallar bilan.
11 bo'lim, 40+ servis va vosita: AI agentlar, serverlar, hosting, domen, Git, to'lov kartalari, noutbuk va dasturlash muhitlari.
Claude Code, Antigravity va Codex narxlari yonma-yon.
Uchala vosita ham alohida sotilmaydi — kompaniyaning umumiy AI obunasi ichida keladi. Narx pog'onalari deyarli bir xil ($20 → $100 → $200), farq limitlar, modellar va ish uslubida.
| Pog'ona | Claude Code | Antigravity | Codex |
|---|---|---|---|
| Bepul | Yo'q | $0 (limitli) | $0 (limitli) |
| Kirish | — | — | Go — $8 |
| Asosiy | Pro — $20 | Google AI Pro — $19.99 | Plus — $20 |
| 5x limit | Max 5x — $100 | AI Ultra 5x — $99.99 | Pro 5x — $100 |
| 20x limit | Max 20x — $200 | AI Ultra 20x — $199.99 | Pro 20x — $200 |
| Limit | 5 soatlik sessiya + haftalik | 5 soatda yangilanadi + haftalik | Token-kreditlar, 5 soat + haftalik |
Narxlar 2026-yil sentabr holatiga, QQSsiz. To'lovdan oldin rasmiy saytda qayta tekshiring.
Hetzner vs DigitalOcean, Netlify vs Vercel, Cloudflare.
| Ko'rsatkich | Hetzner (Germaniya) | DigitalOcean (AQSh) |
|---|---|---|
| Eng arzon | CX23 — €5.49/oy (ko'pincha «mavjud emas») | Basic — $4/oy (512 MB) |
| Kichik loyiha | CPX22 — €19.49/oy | $6/oy — 1 GB; $24/oy — 2 vCPU, 4 GB |
| Trafik | Yevropada 20 TB kiritilgan | 500 GiB dan; ortig'i $0.01/GiB |
| Bepul tarif | Yo'q | Yo'q; yangilarga ko'pincha promo-kredit |
| Kimga | Ko'p trafik, Linux'ni o'zi boshqaradiganlar | Oddiy panel, ko'p qo'llanma, Managed DB |
| Ko'rsatkich | Netlify | Vercel |
|---|---|---|
| Bepul | 300 kredit/oy (~15 GB), tijorat uchun ham; limit tugasa sayt to'xtaydi, pul yechilmaydi | Hobby — 100 GB transfer; faqat shaxsiy / notijorat |
| Pro | $20/oy — butun jamoa uchun, a'zolar cheksiz | $20/oy har bir dasturchi uchun; 1 TB transfer |
| Kimga | Jamoalar, statik va kontent saytlar | Next.js ilovalar, katta trafik |
Narxlar 2026-yil sentabr holatiga, QQSsiz.
Qayerdan olish va qanday qoidalarni bilish kerak.
.uz zonasining reyestri — UZINFOCOM (cctld.uz). Domenni akkreditatsiyalangan registrator orqali olasiz; keyinchalik boshqa registratorga ko'chirish (transfer) mumkin.
| Registrator | .uz, 1 yil | Afzalliklari |
|---|---|---|
| aHOST | 27 000 so'm | ICANN-akkreditatsiyali, 1000+ zona, domen transferi bepul |
| Eskiz | 29 000 so'm | Domen bilan 1 oy bepul hosting, talabalarga 50% chegirma |
| Sayt.uz | 35 000 so'm | 100+ zona, Click/Payme, bepul WHOIS himoya, ~15 daqiqada faollashadi |
domain.uzex.uz birjasidagi auksion orqali beriladi.ns1.eskiz.uz — Eskiz).Mening biznesim: [qisqa tavsif]. Unga .uz domen uchun 10 ta nom taklif qil: qisqa, oson aytiladigan, chiziqchasiz, faqat lotin harflari va raqamlar. Har biri uchun nega yaxshi ekanini bir qatorda yoz. Keyin men ularni cctld.uz/whois da tekshiraman.
Narxlar 2026-yil sentabr holatiga.
Qanday noutbuk, qaysi OS, Node.js yoki Python.
AI modellar bulutda ishlaydi — juda kuchli kompyuter shart emas. Lekin brauzer, muharrir, terminal va lokal server bir vaqtda ochiq turadi, asosiy yuk operativ xotira (RAM) ga tushadi.
| Qism | Minimum | Tavsiya | Ideal |
|---|---|---|---|
| Protsessor | 4 yadro, 2020+ (i5 10-avlod / Ryzen 5 4000) | 6–8 yadro (i5/i7 12-avlod+, Ryzen 5/7 5000+) | 8+ yadro yoki Apple M |
| RAM | 8 GB | 16 GB | 16–32 GB |
| Disk | SSD 256 GB (HDD emas!) | SSD 512 GB NVMe | SSD 1 TB |
| Narx | ≈ $400–550 | ≈ $650–900 | $1 000+ |
Tekshirish: Windows PowerShell'da $env:PROCESSOR_ARCHITECTURE, macOS va Linux'da uname -m.
| Tizim | Kuchli tomoni | Maslahat |
|---|---|---|
| Windows | Eng ko'p tarqalgan, noutbuk tanlovi katta va arzon | Git for Windows; murakkab loyihalar uchun WSL 2: wsl --install |
| macOS | Unix terminal, iOS ilova faqat Mac'da | RAM'ni keyin oshirib bo'lmaydi — darhol 16 GB; Homebrew |
| Linux | Bepul, serverlar bilan bir xil muhit | Boshlash uchun Ubuntu |
Node.js LTS (hozir 24 yoki 22) — saytlar, API, Telegram bot (grammY). Python 3.12+ — AI, avtomatlashtirish, bot (aiogram). Boshlovchiga: ikkalasini o'rnating, qaysi birini ishlatishni loyihaga qarab agent o'zi tanlaydi. Bun va Deno — keyinroq.
node -v # v24.x npm -v python --version # 3.12+
Noutbuk narxlari taxminiy: do'kon va valyuta kursiga qarab farq qiladi.
Qaysi karta, qayerdan dizayn g'oyasi, qancha xarajat.
Ish oqimi: Dribbble'da g'oya toping → 21st.dev'dan o'xshash komponent → «Copy prompt» ni agentga qo'ying → ranglar va matnni brendingizga moslang.
| Paket | Server | Domen | AI | Jami |
|---|---|---|---|---|
| Oson | DigitalOcean 1 GB — $6 | Sayt.uz — 35k so'm/yil | ChatGPT Plus (Codex) — $20 | ≈ $26/oy |
| Arzon | Hetzner CX23 — ≈€6 | aHOST — 27k so'm/yil | Antigravity (bepul yoki AI Pro) | ≈ $7–26/oy |
| Pro | 2 vCPU / 4 GB — $20–24 | Sayt.uz .uz + .com | Claude Max — $100 / $200 | ≈ $150–250/oy |
Narxlar taxminiy, oylik, QQSsiz; .uz domen — yillik. To'lovdan oldin rasmiy saytda tekshiring.
Karusel, rasm va video uchun 7 ta tayyor prompt va bepul ish papkasi.