«AI yordamida kontent zavod quramiz»

Kontent zavod promptlari

7 ta tayyor prompt: Instagram karuseli, rasm va 3 xil video. Ish papkasini yuklab oling, promptni bir klikda nusxalab Claude Code'ga bering — hammasi hiworld.club brendida.

07ta prompt
03yo'nalish
~50daqiqa
Sizning natijangiz0 / prompt
Ish papkasi ↓
ai-agents-hiworld/304 fayl · 8.8 MB
Ish papkasi · ZIP · 8.8 MB

AI agents by hiworld.club

Barcha promptlar shu papka ichida ishlaydi: karusel va HyperFrames skillari, rasm, ovoz va transkript skriptlari (bin/), brend shriftlari, logo, musiqa va SFX. Ichida o'rnatish bo'yicha README.md bor.

00 · Tayyorgarlik

Boshlashdan oldin

01
Papkani yuklab oling va uy papkangizga oching: ~/ai-agents-hiworld. README.md dagi dasturlarni o'rnating: Node.js 24, ffmpeg, Chrome, Codex CLI.
02
Claude ilovasini oching → Code bo'limi → shu papkani tanlang. Ruxsat rejimini Auto (yoki «Accept edits») qiling.
03
Kalitlar: rasm uchun codex login (ChatGPT obunasi). V2 va V3 uchun .env.example → .env, ichiga ElevenLabs kaliti va ovoz ID.
04
Har prompt — alohida yangi sessiya. Tartib: K1 → K2 → K3 → R1 → V1 → V2 → V3. Rasm chizadigan ikki prompt (R1, V3) bir vaqtda ishlamasin.
01 — 03 · Karusel

Instagram karuseli

K1

Dizayn tizimi

hiworld.club brend qoidalarini DESIGN.md ga yozadi.

✓ Bajarildi~3 daq

Keyingi barcha karusellar shu faylga tayanadi: ranglar, shriftlar, setka va 4 ta slayd shabloni. Bir marta qilinadi.

Papkada tayyor skill allaqachon bor (.claude/skills/karusel). K1 va K2 — o'zingiz yasab ko'rish uchun. Vaqt kam bo'lsa, to'g'ridan-to'g'ri K3 ga o'ting.
>_ K1 · prompt
karusel/ papkasida ishla. Sen brend dizayneri va frontend muhandisisan. Vazifa: Instagram karuseli uchun
dizayn tizimi yoz.

Brend: hiworld.club — Raqamli Mahsulotlar & AI Studiyasi: web-saytlar, SaaS platformalar, Telegram Mini App
va AI botlar. Uslub: frosted glassmorphism — kumush fon ustida yarim shaffof oq shisha kartalar, matn markazda.
Ranglar (hiworld.club sayti tokenlari): fon kumush #E8EAEE (gradient #DCE0E7 → #EFF1F5), matn #0F172A,
ikkinchi matn #475569, aksent elektrik kobalt #0052FF, bezak uchun osmonrang #38BDF8 (matnga emas).
Shrift: sarlavha — Plus Jakarta Sans ExtraBold, urg'u so'z — Plus Jakarta Sans ExtraBold Italic (kobalt),
raqam va yorliqlar — JetBrains Mono. Logo: v1-motion/assets/logo.svg (>_✦ belgisi) + «hiworld.club» yozuvi.

Natija — DESIGN.md, ichida:
1. Ranglar — token nomi, HEX, qayerda ishlatiladi. Ko'pi bilan 6 ta.
2. Shriftlar — sarlavha, matn, urg'u; o'lchamlar 1080×1350 kanvas uchun px'da (sarlavha ≥ 88, matn ≥ 40,
   yorliq va sahifa raqami 30 px bo'lishi mumkin). Hook 120 px da ko'pi bilan 3 qator.
3. Setka — chekka 96 px, xavfsiz zona (pastki 140 px — Instagram tugmalari ostida qoladi), ASCII-sxema.
4. 4 ta slayd shabloni: MUQOVA (katta hook + rasm), MATN (raqam + sarlavha + 2–3 qator),
   RASM+MATN (rasm tepada ~720 px, matn pastda), CTA (chaqiriq + logo).
5. Qoidalar: bitta slaydda bitta fikr, 25 so'zdan ko'p emas; o‘ g‘ — ‘ (U+2018), tutuq — ’ (U+2019),
   chunki Plus Jakarta Sans'da ʻ va ʼ belgilari yo'q; tire oldida  .
6. Rasm uslubi: glossy 3D frosted glass, kobalt #0052FF va osmonrang #38BDF8 shisha, fon kumush #E8EAEE,
   rasmda matn yo'q; prompt 4 qismdan — NIMA · USLUB · KOMPOZITSIYA · FORMAT.
7. Taqiqlar: stok foto, qora fon, bir slaydda 3 tadan ortiq rang, ingichka (Light/Thin) shrift.

Oxirida 5 qatorli xulosa ber.
K2

Karusel skilli

DESIGN.md'dan bitta buyruqli skill yasaydi.

✓ Bajarildi~9 daq

Skill — Claude Code'ga o'rgatilgan tayyor ish tartibi. Bir marta yasaysiz, keyin har karusel bitta buyruq bilan chiqadi. Mavjud skill avtomatik _eski/ ga ko'chiriladi, tayyor nusxasi esa _tayyor-skill/ da saqlanib turadi.

>_ K2 · prompt
DESIGN.md asosida Claude Code skill yarat: .claude/skills/karusel/
Mavjud .claude/skills/karusel bo'lsa — avval uni _eski/karusel ga ko'chir.

Tuzilma:
- SKILL.md — frontmatter (name: karusel, description: "Instagram karuseli: mavzu → 6–8 slayd PNG,
  hiworld.club brendida. «karusel», «carousel», «slayd post» deyilganda ishlat.") va ish tartibi.
- DESIGN.md — dizayn tizimi (nusxa).
- shablon.html — 1080×1350 slayd, 4 ta shablon (MUQOVA, MATN, RASM+MATN, CTA) CSS klasslari bilan,
  shriftlar Google Fonts'dan, ranglar CSS o'zgaruvchilarida, yorliqda >_✦ logo (inline SVG).
  Matn sig'masa — slaydda qizil ramka chiqsin.
- namunalar/namuna.md — bitta tayyor 6 slaydli karusel matni, uslub etaloni (CTA tugmasi: hiworld.club →).

SKILL.md ish tartibi:
1. Mavzudan 6–8 slayd matni: 1 — hook (8 so'zgacha, mavzu uzun bo'lsa qisqartir), 2–6 — bitta slayd = bitta fikr,
   oxirgi — CTA. Matnni avval ko'rsat, tasdiqdan keyin davom et.
2. Muqova va 1–2 slayd uchun rasm: node bin/rasm.mjs "<prompt>" karusel/<slug>/rasm/01.png --nisbat 4:5,
   navbat bilan.
3. Har slayd — alohida HTML → Chrome headless bilan 1080×1350 PNG.
4. Tekshir: qizil ramka yo'q, kontrast yetarli, o‘ g‘ to'g'ri. Xato bo'lsa tuzat.
5. Natija: karusel/<mavzu-slug>/01.png … 0N.png va caption.txt (hook + 3 qator + 3–5 hashtag, oxirida #hiworldclub).

Skillni yaratgach, 2–3 slaydli qisqa sinov qil (rasmsiz) va natija yo'lini ayt.
K3

Bitta buyruq — karusel

Mavzuni yozasiz — 6–8 ta tayyor slayd chiqadi.

✓ Bajarildi~5 daq

Skill ishga tushadi: avval slaydlar matnini jadval qilib ko'rsatadi — «davom et» deysiz. Keyin rasm chizadi, slaydlarni PNG qiladi va o'zi tekshiradi.

Mavzu qisqa bo'lsin — bitta savol yoki raqam. Masalan: «Telegram bot biznesga nima beradi: 5 foyda».
>_ K3 · slash-buyruq
/karusel Biznesingizga sayt kerakmi? 5 belgi

Natija: karusel/<mavzu>/01.png … 07.png va caption.txt.

04 · Rasm

4 qismli rasm prompti

R1

Rasm prompti 4 qismdan

NIMA · USLUB · KOMPOZITSIYA · FORMAT.

✓ BajarildiIxtiyoriy~1 daq
  • NIMA — bitta asosiy obyekt va 2–3 detal.
  • USLUB — hiworld uslubi: glossy 3D shisha, kobalt va osmonrang, yumshoq studiya yorug'i.
  • KOMPOZITSIYA — obyekt qayerda, sarlavha uchun qayer bo'sh qoladi.
  • FORMAT — nisbat, kumush fon, «rasmda matn yo'q».
Codex bir vaqtda faqat bitta rasm chizadi. Boshqa prompt (V3) rasm chizayotganda bermang.
>_ R1 · prompt
karusel/ papkasida ishla. Quyidagi promptdan bitta rasm yasa:
node bin/rasm.mjs "<prompt>" karusel/r1.png --nisbat 4:5
Tayyor bo'lgach faylni ko'rsat.

A sleek glass laptop on a soft silver surface, a stack of frosted glass Instagram carousel cards rising out of the screen like a staircase. Glossy 3D frosted glass illustration, translucent electric cobalt blue #0052FF and sky cyan #38BDF8 glass, white frosted panels, subtle reflections, soft studio light. Subject in the lower two thirds, slight top-down angle, cards rise to the upper right, generous empty space at the top. 4:5 vertical, soft light silver-grey background #E8EAEE, empty top 30% for a headline, no text, no letters, no logos.
05 — 07 · Video

Uch yo'l — bitta video

V1

Grafikadan motion video

Kamera va ovozsiz — faqat grafika, matn va animatsiya.

✓ BajarildiHyperFrames~9 daq

HyperFrames skilli HTML'dan video yasaydi. Shriftlar, logo, GSAP, musiqa va SFX papkada tayyor (v1-motion/assets/) — hech narsa yuklash shart emas.

>_ V1 · prompt
v1-motion/ papkasida ishla. HyperFrames skillidan foydalan. Bu prompt — tayyor brif: intervyu va tasdiq
so'rama, storyboard'ni bitta ro'yxatda yoz va darhol kompozitsiyaga o't.

Vazifa: Instagram Reels uchun 30 soniyalik motion video. Kamera yo'q, odam yo'q — faqat grafika, matn, animatsiya.

Mavzu: «Kontent zavod: 1 ta g‘oya → 10 ta kontent». Sahnalar (ekrandagi matn, o'zbekcha):
1. (4.8 s) Hook: «Har kuni kontent? Bitta odam uchun — imkonsiz.»
2. (5 s) «Lekin zavod qursangiz...» — shisha konveyer lentasi paydo bo'ladi
3. (5 s) «1 ta g‘oya kiradi» — lampochka konveyerga tushadi
4. (6 s) «AI uni karusel, reels, post va podcastga aylantiradi» — 4 ta shisha kartochka chiqadi
5. (5.2 s) «Siz faqat tasdiqlaysiz» — katta tasdiq tugmasi bosiladi
6. (6 s) CTA: >_✦ logo + «Zavodni o‘zingiz quring · hiworld.club»
Sahnalar orasida 0.4 s o'tish, jami 30 s.

Dizayn (hiworld.club brendi): fon kumush gradient #DCE0E7 → #EFF1F5 va yumshoq kobalt/osmonrang nurlar,
yarim shaffof oq shisha kartalar (oq chegara, katta yumaloq burchak), matn #0F172A, aksent kobalt #0052FF,
bezak — osmonrang #38BDF8. Sarlavha Plus Jakarta Sans ExtraBold, urg'u so'z ExtraBold Italic kobalt,
raqamlar JetBrains Mono. Matn markazda, kamida 64 px, chetdan 80 px ichkarida, pastki 300 px bo'sh.
O‘ g‘ — ‘ (U+2018). Har sahnada kamida 2 qatlam harakat. CSS blur ishlatma — nur va shisha effektini
radial-gradient va yarim shaffof rang bilan qil.
Ovoz: assets/musiqa.mp3 (fon, past), har kartochka chiqishida assets/sfx dan qisqa SFX.
Fayllar tayyor: assets/fonts, assets/logo.svg, assets/gsap.min.js, assets/sfx, assets/musiqa.mp3. Bitta index.html.

Format: 1080×1920, 30 fps, MP4. `npx hyperframes check` — faqat error'larni tuzat (overlap va
fayl hajmi ogohlantirishlari normal). Render: `npx hyperframes render --quality delivery --fps 30 --output v1-motion.mp4`.
Oxirida: fayl yo'li, davomiylik, render vaqti.
V2

Telefondagi videodan reels

Xom videodan subtitrli, kesilgan 30 soniyalik reels.

✓ Bajarildi~9–10 daq

Telefoningizda vertikal holatda 30–60 soniya gapiring va videoni v2-montaj/xom.mp4 nomi bilan saqlang. Qolganini agent qiladi: transkript, kesish, subtitr, ovoz balandligi va hiworld end-card.

Transkript uchun faqat videoning ovozi ElevenLabs'ga yuboriladi (.env dagi kalit bilan). Montajning o'zi kompyuteringizda, ffmpeg bilan bo'ladi.
>_ V2 · prompt
v2-montaj/ papkasida ishla. xom.mp4 — telefonda olingan vertikal video, o'zbek tilida gapirilgan.

Vazifa: undan 25–35 soniyalik Reels yasa. Transkript uchun faqat ovoz ElevenLabs'ga yuboriladi —
qolgan hamma ish shu kompyuterda (ffmpeg).

1. Transkript va so'z vaqtlari: node bin/transkript.mjs v2-montaj/xom.mp4 v2-montaj/ish  →  ish/tahlil.json
2. Tahlil: eng kuchli fikrni tanla, boshida 3 soniyalik hook bo'lsin (hook videoning istalgan joyidan
   olinishi mumkin). Nimani kesishingni va nega — jadval qilib ko'rsat.
3. Kesish: «ee», «mm», takror, 0.4 s dan uzun jimlik va xato boshlangan gaplar. Fikr o'rtasidan kesma.
4. Format: 1080×1920.
5. Subtitr (burned-in, libass): har ekranda 2–4 so'z, kengligi 930 px dan oshmasin; oq matn, to'q ko'k
   #0F172A kontur, shrift v2-montaj/fonts/PlusJakartaSans-ExtraBold.ttf 72 px (fontsdir bilan),
   pastki 300 px dan yuqorida. Aytilayotgan so'z osmonrang #38BDF8 da.
   O‘ g‘ — ‘ (U+2018) bilan yoz: shriftda ʻ belgisi yo'q.
6. Ovoz: −14 LUFS.
7. Oxirgi 1.5 soniya — hiworld.club end-card: kumush fon #E8EAEE, markazda v1-motion/assets/icon-mark.png
   va «hiworld.club» yozuvi (.club — kobalt #0052FF).
8. Natija: reels.mp4 + caption.txt (hook + 2 qator + 3 hashtag, oxirida @hiworld.club).

Har qadamdan keyin bir qatorda hisobot. Oxirida: kesilgan soniyalar, yakuniy davomiylik, fayl yo'li.
V3

Rasm + ovoz = video

6 sahnali hikoya: rasmlar Codex'da, ovoz — sizning ovozingiz.

✓ BajarildiEng uzuni~12 daq

Ovoz — ElevenLabs'dagi o'z ovozingiz (.env dagi ELEVENLABS_VOICE_ID). Eng uzun prompt, shuning uchun uni oxirida bering.

Bu prompt 6 ta rasm chizadi — shu vaqtda R1 ni bermang.
>_ V3 · prompt
v3-hikoya/ papkasida ishla. Sen rejissyor va prodyusersan. Vazifa: 35–45 soniyalik vertikal hikoya-video.
Kamera yo'q: rasmlar — Codex image_gen, ovoz — ElevenLabs, yig'ish — ffmpeg.

Mavzu: «Samarqandlik novvoy AI'ga buyurtmalarni topshirdi — va birinchi marta dam oldi».
Ohang: iliq, hayotiy, reklama emas — hikoya.

1. Ssenariy: 6 sahna, har biriga ovoz matni (o'zbekcha, jami 85–95 so'z, raqamlar so'z bilan,
   «X — Y» kabi tire bilan qisqa birikmalar yo'q) va kadr tavsifi. v3-hikoya/ssenariy.md ga yoz va davom et.
2. Rasmlar: node bin/rasm.mjs "<prompt>" v3-hikoya/rasm/01.png --nisbat 9:16, navbat bilan.
   Qahramonni 1-promptda batafsil tasvirla va har promptga so'zma-so'z takrorla; 2–6-rasmlarga
   --namuna v3-hikoya/rasm/01.png ber, lekin joy va vaqtni kadr tavsifiga qarab almashtir
   (novvoyxona, uy, kech, bozor...). Uslub: kinematografik foto, iliq oltin yorug'lik, 35 mm.
3. Ovoz: node bin/ovoz.mjs "<matn>" v3-hikoya/ovoz/01.mp3, har sahna alohida.
   Davomiylikni o'lcha — sahna ovozga moslanadi.
4. Yig'ish (ffmpeg): sekin Ken Burns (zoom 1.00→1.08 yoki pan), 0.3 s crossfade, burned-in subtitr
   (v3-hikoya/assets/PlusJakartaSans-ExtraBold.ttf, 76 px, oq, #0F172A kontur, pastdan 430 px yuqorida,
   2–4 so'z, o‘ g‘ — ‘ bilan), v3-hikoya/assets/musiqa.mp3 ovozdan 20 LU past.
5. Oxirida 2.5 s CTA kartasi hiworld.club uslubida: kumush fon #E8EAEE, markazda v1-motion/assets/icon-mark.png,
   ostida «Biznesingizga AI yordamchi» va «hiworld.club» (.club — kobalt #0052FF).
6. Natija: v3-hikoya/v3-hikoya.mp4, 1080×1920, 30 fps. Oxirida: fayl yo'li, davomiylik.
Keyingi bet

Vaybkoding asoslari

Prompt yozish, birinchi sayt, Telegram bot va Git — 12 ta amaliy dars.