Bepul plagin · GitHub'da ochiq

hiworld plagini

G'oyangizni aniq rejaga aylantiradigan bepul plagin. Claude Code, Codex va AGY'ga o'rnatish hamda ishlatish: 5 ta darsda, rasmlar bilan.

05ta dars
03ta vosita
$0plagin narxi
Sizning natijangiz0 / dars
GitHub'da ko'rish
01

Plagin nima va nima qiladi?

Skill, plagin va 5 ta yordamchi oddiy tilda.

✓ O'qildi~4 daq

AI agent aqlli, lekin sizning ish tartibingizni bilmaydi. Skill shu tartibni o'rgatadigan matnli ko'rsatma: agent uni o'qiydi va ishni shu yo'l bilan bajaradi. Plagin esa bir nechta skillni bitta paketga yig'adi, shunda hammasini bitta buyruq bilan o'rnatasiz. Telefonga ilova o'rnatishga o'xshaydi.

hiworld plagini kod yozishdan oldingi ishni tartibga soladi. Tumanli g'oyadan kod yozishga tayyor hujjatlar paketigacha olib boradi, chunki agent aniq reja bilan ancha yaxshi ishlaydi.

hiworld plaginining 5 yordamchisi ketma-ket: aniqla, tergov, prdla, kengash va kotib
Beshta yordamchi ketma-ket ishlaydi, lekin har birini alohida ham chaqirsa bo'ladi.

Sizga nima kerak

  • Uchta vositadan bittasi: Claude Code, Codex yoki AGY. Hammasini o'rnatish shart emas.
  • Vositaning o'z akkaunti va internet.
  • Terminal: Windows'da PowerShell, Mac'da Terminal.
Muhim: plaginning o'zi bepul, lekin u ishlaydigan AI vosita o'z limitlari va narxlari bilan keladi. Solishtirish uchun 2-betdagi jadvalni ko'ring.
02

Claude Code'ga o'rnatish

2 ta buyruq va tekshirish.

✓ O'qildi~3 daq

Claude Code o'rnatilgan bo'lsa, terminalni oching va ikki buyruqni navbat bilan yozing. Birinchisi GitHub'dagi katalogni qo'shadi, ikkinchisi plaginni o'rnatadi.

Claude Code uchun ikki buyruq: katalogni qo'shish va plaginni o'rnatish

1-qadam: katalogni qo'shing

>_ Terminal
claude plugin marketplace add sodirovone/hiworld-plugin

2-qadam: plaginni o'rnating

>_ Terminal
claude plugin install hiworld@hiworld

3-qadam: tekshiring

Yangi sessiya oching va / bosing. Ro'yxatda aniqla, tergov, prdla va kengash chiqsa, hammasi tayyor.

Terminalda Claude Code ochiq bo'lsa, xuddi shu ishni ichkaridan ham qilsa bo'ladi: /plugin marketplace add sodirovone/hiworld-plugin, keyin /plugin install hiworld@hiworld.
03

Codex'ga o'rnatish

OpenAI Codex uchun 2 ta buyruq.

✓ O'qildi~3 daq

Codex terminalda ishlashi kerak. codex --version yozing: raqam chiqsa, o'rnatilgan. Xato chiqsa, avval Codex'ni o'rnating, keyin codex deb yozib akkauntingizga kiring.

>_ Codex o'rnatilmagan bo'lsa
npm install -g @openai/codex
Codex uchun ikki buyruq: katalogni qo'shish va plaginni qo'shish

1-qadam: katalogni qo'shing

>_ Terminal
codex plugin marketplace add sodirovone/hiworld-plugin

2-qadam: plaginni o'rnating

>_ Terminal
codex plugin add hiworld@hiworld

3-qadam: tekshiring

codex plugin list yozing. hiworld@hiworld qatorida installed, enabled ko'rinishi kerak. Keyin yangi sessiya oching, $ yozing va ro'yxatdan aniqlani tanlang.

Farqi bor: kotib agenti va commit qorovuli Claude Code uchun yozilgan. Codex'da 4 ta skillga tayaning, sprint hisobotini esa agentdan o'zingiz so'rang.
04

AGY'ga o'rnatish

Google Antigravity uchun 1 ta buyruq.

✓ O'qildi~2 daq

AGY Google Antigravity'ning terminal buyrug'i. agy --version yozing: raqam chiqsa, tayyor. Chiqmasa, rasmiy saytdan o'rnating.

Bu yerda katalog kerak emas: to'g'ridan-to'g'ri GitHub havolasini berasiz, AGY plaginni o'zi moslashtiradi.

AGY uchun bitta buyruq: GitHub havolasi orqali plaginni o'rnatish

1-qadam: plaginni o'rnating

>_ Terminal
agy plugin install https://github.com/sodirovone/hiworld-plugin

Ekranda taxminan shunday javob chiqadi:

[ok]    hiworld
        ✔ skills      : 4 processed
        ✔ agents      : 1 processed
        ✔ hooks       : 1 processed

2-qadam: tekshiring

>_ Terminal
agy plugin list

Ro'yxatda hiworld (enabled, 1.0.0) ko'rinsa, agy deb yozib ishga tushiring va /aniqla yozing.

Farqi bor: kotib agenti va commit qorovuli Claude Code uchun yozilgan. AGY'da ham 4 ta skillga tayaning.
05

Qanday ishlaydi: g'oyadan hujjatgacha

Bosqichma-bosqich yo'l va uch vosita farqi.

✓ O'qildi~6 daq

Yangi loyiha uchun bo'sh papka oching va agentni shu papkada ishga tushiring. Keyin bosqichlarni tartib bilan o'ting. Misol uchun g'oya: odamlar mashinasini ijaraga bersin.

Har bosqich natijasi: aniqla chatda jumla beradi, tergov xulosa fayli, prdla hujjatlar paketi, kengash KENGASH.md, kotib hisobot yozadi
Fayllar loyiha papkangizda qoladi. Agent keyingi sessiyada ham ularni o'qiy oladi.
  1. aniqla: g'oyani aniqlangAgent 2-4 ta savol beradi va g'oyani bitta jumlaga keltiradi: kim uchun, qaysi muammo, qanday yechim.
  2. tergov: savollarga javob bering5 blokda 25-30 savol: mahsulot, rollar, asosiy oqim, pul va xavflar. Javobni bilmasangiz, «bilmayman» deng. U ochiq savol sifatida yozib qo'yiladi.
  3. prdla: hujjatlarni olingAgent javoblaringizdan PRD.md, STACK.md, ROADMAP.md, DECISIONS.md va 7 ta sprint faylini yozadi.
  4. kengash: rejani sinang7 ekspert rejangizni og'ir savollarga tutadi. Oxirida GO, SHARTLI GO yoki NO-GO qarori chiqadi va KENGASH.md ga yoziladi.
  5. Kodni boshlang«SPRINT-1 faylini o'qi va boshla» deng. Claude Code'da commit paytida kotib sprint hisobotini o'zi yangilaydi.

Uch vosita yonma-yon

Claude CodeCodexAGY
O'rnatish2 buyruq2 buyruq1 buyruq
Skillni chaqirish/ bosib tanlash$ yozib tanlash/ bosib tanlash
Oddiy gap bilanHaHaHa
4 ta skillBorBorBor
Avtomatik kotibBorSinalmaganSinalmagan
Oddiy gap ham yetadi: buyruq o'rniga «g'oyamni aniqlab ber» yoki «tergov boshla» deb yozsangiz ham agent kerakli skillni o'zi topadi.
Stack oldindan tanlangan: prdla hujjatlarni Next.js, TypeScript va PostgreSQL asosida yozadi. Boshqa texnologiya kerak bo'lsa, loyihangizni keyin ko'chirasiz.

Plagin vibecoding.uz ochiq loyihasi asosida MIT litsenziyasi bilan qilingan. O'rnatish buyruqlari 2026-yil oktabrda Claude Code, Codex 0.166 va AGY 1.4.7 da tekshirilgan.

Keyingi qadam

Rejangiz tayyor, endi saytni chiqaring

Hujjatlardan keyin 1-betdagi yo'l xaritasi bilan loyihangizni internetga chiqaring.